«yaim o‘sishi» tegli maqolalar


Iqtisodiyotni fiskal va monetar rag‘batlantirishda davom etish inflyatsion bosimni keltirib chiqarishi mumkin — ITIM
11 sentabr 2023, 09:51

Iqtisodiyotni fiskal va monetar rag‘batlantirishda davom etish inflyatsion bosimni keltirib chiqarishi mumkin — ITIM

Fiskal va monetar rag‘batlantirish vositalari orqali iqtisodiyotni rag‘batlantirishni davom ettirish inflyatsion bosimni keltirib chiqarishi mumkin, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi choraklik makroiqtisodiy tahlilida. Markaz 2023-yilda YAIM o‘sishi 5,8 foizni tashkil etishini prognoz qildi.

2022 yilda O‘zbekiston YAIM hajmi 80,4 mlrd dollarga ko‘tarildi
27 yanvar 2023, 22:21

2022 yilda O‘zbekiston YAIM hajmi 80,4 mlrd dollarga ko‘tarildi

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2022 yilda 5,7 foizga o‘sib, 888,34 trln so‘mni (80,4 mlrd dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi esa 2255 dollargacha oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.

2022-yilda YAIM 5,77 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda
30 avgust 2022, 12:55

2022-yilda YAIM 5,77 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda

2022-yil uchun yalpi ichki mahsulotning real o‘sish sur’ati 5,77 foiz darajasida prognoz qilinmoqda. Uchinchi chorakda YAIMning taxminiy haftalik ijobiy tendensiyalari o‘sish sur’atini yiliga kamida 0,68 foizga oshirishi kutilmoqda.

2022 yil O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sekinlashib, 4% ni tashkil qiladi — OTB
7 aprel 2022, 12:50

2022 yil O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sekinlashib, 4% ni tashkil qiladi — OTB

OTB prognozlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi sekinlashib, 4% ni tashkil etishi kutilmoqda. O‘sish sur’atining sekinlashishi mamlakatda xususiy iste’molning qisqarishi va natijada sanoat hamda xizmatlar sohasi kengayishining cheklanishi bilan izohlangan. Bank mamlakatga «yashil o‘sish» va xususiy sektorning rivojlanishi yordam berishi mumkinligini ta’kidlagan.

YeTTB: Ukrainadagi urush tufayli O‘zbekistonda YAIM o‘sish sur’atining pasayishi kutilmoqda
1 aprel 2022, 10:03

YeTTB: Ukrainadagi urush tufayli O‘zbekistonda YAIM o‘sish sur’atining pasayishi kutilmoqda

YeTTB Ukrainadagi urush Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishini prognoz qilmoqda. Bankning mintaqa mamlakatlari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan prognozlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston YAIM 6 foizga emas, 4 foizga o‘sishi kutilmoqda. Rossiya iqtisodiyotida yuzaga keladigan turg‘unlikning mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’siri 2023 yilda ham saqlanib qoladi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda 6,2 foizga o‘sdi — Jahon banki
13 yanvar 2022, 14:46

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda 6,2 foizga o‘sdi — Jahon banki

Jahon banki 2021-yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishini 6,2 foizga baholadi. 2022−2023-yillarda iqtisodiy o‘sish mos ravishda 5,6 foiz va 5,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy rejalar ma’lum qilindi
1 yanvar 2022, 22:37

Kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy rejalar ma’lum qilindi

O‘zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda bir qancha ustuvor maqsadlar qatoridan — 5 yil ichida aholi jon boshiga YAIMni 1,6 baravarga oshirish, inflyatsiya darajasini 9,9 foizdan 5 foizgacha pasaytirish, davlat budjeti taqchilligi 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash, davlat qarzini yiliga $4,5 mlrddan oshirmaslik, eksport hajmini $30 mlrdga yetkazish o‘rin olgan.

2022 yilda YAIM 5,9 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda
11 noyabr 2021, 18:10

2022 yilda YAIM 5,9 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda

2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etib, YAIM hajmi qariyb 840 trln so‘mga yetishi ko‘zda tutilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi 46,3 mlrd dollarni tashkil etishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, inflyatsiya darajasi 2022 yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozlarini yaxshiladi
13 oktabr 2021, 16:43

XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozlarini yaxshiladi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2021 yilda O‘zbekiston YAIMining o‘sish suratlari bo‘yicha prognozini yaxshilab, ushbu ko‘rsatkich joriy yilda 6,1%ni tashkil etishini ta’kidladi. Jamg‘arma mutaxassislari 2022 yilda mamlakat YAIM 5,4%ga o‘sishini kutishmoqda.

2021 yilning birinchi choragida YAIMning hajmi 3 foizga oshgan
17 aprel 2021, 17:27

2021 yilning birinchi choragida YAIMning hajmi 3 foizga oshgan

Yilning ilk choragida YAIM o‘sishi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 103%dan iborat bo‘lgan. Ko‘rsatkichlar transport, qurilish va chakana savdo sohalarida tiklanish og‘ir ketayotganini ko‘rsatmoqda.

Jahon banki: «Eng muhim vazifa — islohotlarning inklyuzivligi va shaffofligi»
2 aprel 2021, 11:26

Jahon banki: «Eng muhim vazifa — islohotlarning inklyuzivligi va shaffofligi»

2021 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 4,8% gacha tiklanishi kutilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish uchun aholining rasmiy bandligi, fuqarolarning daromadlari va iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish lozim, deyiladi Jahon banki hisobotida. Ekspertlar 2021 yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMning 42 foizini tashkil etishini ham prognoz qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting